15 mingdan ortiq. Ukraina Donbassdagi tinchlikparvarlar bo‘yicha bayonot berdi
Donbassga BMTning 15 mingdan ortiq tinchlikparvarini kiritish lozim. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ma'lum qildi.
«Mening fikrimcha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 15 mingdan ortiq tinchlikparvar bo‘lishi kerak. Aniq sonni esa biz BMT va missiya tarkibiga kiradigan hamkorlar bilan muvofiqlashtirib olamiz. Biroq bu ikki yoki to‘rt ming bo‘lishi mumkin emas», - deya aytib o‘tdi u BBC’ning Ukraina byurosiga bergan intervyusida.
Klimkinning fikricha, missiya harbiy, politsiya va fuqarolik komponentlaridan iborat bo‘lishi darkor.
«Missiya tarkibiga keladigan bo‘lsak – buni BMT hal qilishi kerak. Biroq, albatta, bu Rossiya bo‘lishi kerak emas. Biz munosib bo‘lgan tinchlikparvarlarni topamiz. Biz hamma bilan gaplashdik, hamda bu faqatgina Yevropada emas», - deya xabar berdi Ukraina TIV rahbari.
Xususan, u missiya tarkibidan yaponlar joy olishi mumkin ekanini ham istisno etmadi. Bundan tashqari, Klimkinning fikricha, unga MDH davlatlaridan vakillar ham kiritilishi mumkin, ammo ular «juda cheklangan rolga» ega bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024