Farğona şahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, 14 mart kuni soat 22.10larda Yurtparvar köçasida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan M.M. Motrudiy köçasida joylaşgan “Mirzadavlat” nomli oziq-ovqat savdo dökoni yertölasida özaro janjal oqibatida 1968 yilda tuğilgan otasi Q.O.ga piçoq urgan.
Natijada Q.O. kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.M. qölga olingan.











