«Ostona-opera» teatrida Qozoğistonda Özbekiston yilining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. 

Tadbirda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari iştirok etdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozoğistonda Özbekiston yilining oçilişi munosabati bilan davlatimiz rahbari va butun xalqimizni tabrikladi. 

Nursulton Nazarboyev Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun Şavkat Mirziyoyevni Qozoğistonning birinçi darajali «Döstiq» ordeni bilan mukofotladi.

Davlat rahbari yaxşilik va ahillikning timsoli bölgan xalqlarimiz döstligini, ajdodlarimiz merosini asraş va rivojlantiriş zarurligini ta'kidladi.

Şu nuqtai nazardan, keyingi paytlarda tomonlarning siyosiy irodasi va muştarak intilişlari tufayli qardoşlik, yaxşi qöşnilik va strategik şeriklik aloqalarini mustahkamlaş yölida ulkan natijalarga erişildi. 

«Tarixan birligimiz, ma'nan yaqinligimiz bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qiliş, yangi avlodlar kelajagini birgalikda bapro etişimizga yordam beradi. Biz mintaqamizda hamişa tinçlik va farovonlik hukm surişi uçun umumiy uyimizni, farzandlarimizni kelişmovçilik va boşboşdoqlikdan asraşimiz kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Qozoğistonda Özbekiston yili dasturi doirasida köplab madaniy-ma'rifiy tadbirlar taşkil etiladi. Olmaota şahrida Özbek adabiyoti kunlari ötkaziladi. Özbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari Çimkent şahriga safar qiladi. Ostona şahrida Özbek ayollar milliy liboslari va xalq amaliy san'ati körgazmasi hamda kitoblar körgazmasi taşkil etiladi. 

Mamlakatimiz folklor jamoalarining Turkiston şahriga, Respublika yoş tomoşabinlar teatri jamoasining Olmaota şahriga ijodiy safari közda tutilgan. Taraz, Çimkent, Qizilörda, Turkiston şaharlarida özbek kinosi kunlari, badiiy jamoalar va estrada ijodkorlari iştirokidagi «Oş festivali» rejalaştirilgan.

Ostona şahrida «Özbekiston yili»ning yopiliş marosimiga bağişlangan tantanali konsert dasturida ikki xalq san'at ustalari va ijroçi yoşlar qatnaşadi. 

«Qozoğistonda Özbekiston yilining rasmiy oçiliş marosimida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, raqslar xalqlarimiz birligi, madaniy yaqinligi yana bir bor yaqqol namoyon böldi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.