14 mart kuni Nukus şahridagi Yoşlar markazida Özbekiston yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi taşabbusi bilan taşkil etilgan Yoşlar press klubining 3-sessiyasida iştirok etgan Qoraqalpoğiston axborot agentligi direktori Ye.Qanaatov agentlik taşabbusi bilan yaqin kunlarda Orol dengiziga yana bir marta mediatur taşkil etiş maqsadida ekanligini ma'lum qildi.

Mazkur mediatur davomida Orol dengizi suvlarining Kaspiyga oqib ketganligini isbotlaş asosiy maqsad qilib belgilangan.

«Xalqimiz orasida «Orolning baliği Kaspiydan topilibdi» degan gap yuradi. Bu bekorga aytilmagan. Aslida Orol avvallari ham Kaspiyga oqib turgan. Dengiz suvining Kaspiyga oqqanligini isbotlovçi katta suv yöli mavjud. Biz buning haqiqatligini mediaturda isbotlamoqçimiz», deya Qanaatovning sözlarini keltirgan «Karinform.uz».

Ma'lumot örnida şuni aytiş mumkin, Qanaatov rahbarligidagi Qoraqalpoğiston axborot agentligi avval 2 marta Orol dengiziga mediatur taşkil etgan va unda fanga noma'lum bölgan ma'lumotlar töplangan edi.