Özbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutining yangi binosi foydalanişga topşirildi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Ummon Sultonligining Meros va madaniyat vaziri Sayyid Haysam bin Tariq al-Sa'id hamda Vaqf va din işlari vaziri Şayx Abdulla bin Muhammad bin Abdulla as-Salimiy iştirok etdi. Ular institutda yaratilgan keng imkoniyatlar, muzey, iş xonalari, qölyozmalar saqlanayotgan kutubxona, laboratoriya bilan tanişdi. Iş jarayonlarini kuzatdi, deb yozmoqda ÖzA.
Mehmonlar nodir manbalar, toşbosma kitoblar, miniatyuralar, xattotlik namunalari, tarixiy hujjatlar kolleksiyalarining eng yaxşi namunalari joy olgan körgazmani közdan keçirdi.

Mazkur institut binosi Ummon Sultonligi bilan imzolangan bitimga binoan uşbu davlat iştirokida bunyod etildi.
Bino uç qavatli. Kiraverişdagi içki markaziy atriumning balandligi 16 metrni taşkil etadi. Institutdagi 26 ming qölyozma va 40 mingga yaqin toşbosma töplamlari noyob manba hisoblanadi.















