Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi modda kiritiş taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik nazarda tutiladi.
Norma’ning yozişiça, loyiha böyiça qalbakilaştiriş deganda quyidagilar tuşuniladi:
• tabiiy asalari asaliga turli aralaşmalarni qöşiş;
• asalni boşqa unga öxşaş mahsulotlar bilan almaştiriş;
• bila turib töliq yoki işonçli bölmagan ma'lumotlar berilgan mahsulotlar xossasi va sifatini atayin özgartiriş.
Fuqarolarga solinadigan jarima EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorni taşkil qiladi, huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigaça. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan mansabdor şaxslar EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigaça, takror sodir etilganda – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigaça jarima tölaydi.
Qalbakilaştirilgan asal va asal mahsulotlarini olib kiriş va sotiş ma'muriy javobgarlikka tortişga sabab böladi.
Bunday huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolatlarini ma'muriy sudlarga beriş taklif etilmoqda.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.












