Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi hamda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaning oldini oliş böyiça çoralar samaradorligini oşiriş yöllari” mavzusida konferensiya ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda Senat a'zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengaşi, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi akademiyasi, Yuristlar malakasini oşiriş markazi, tegişli idora va muassasalar rahbarlari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.
Konferentsiyada “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tarğib qiliş bilan bir qatorda, uning samarali ijrosini ta'minlaşga qaratilgan vazifalar muhokama markazida böldi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida korrupsiyaning oldini olişga doir tadbirlarni öz vaqtida, sifatli amalga oşirişning ahamiyati haqida söz yuritildi.
Ta'kidlanganidek, 2017-2018 yillarga möljallangan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi Davlat dasturining ijrosini ta'minlaş maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta'minlaş töğrisida”gi, “Jabrlanuvçilar, guvohlar va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş töğrisida”gi hamda “Ma'muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonunlarning qabul qilinişi korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş jarayonini tezlaştirişda muhim huquqiy asos vazifasini ötamoqda.
Anjuman iştirokçilari qayd etganidek, mazkur jarayonni yanada jadallaştiriş, közlangan samaraga erişiş uçun hali qilinişi lozim bölgan işlar ham oz emas. Jumladan, bu borada “Davlat xizmati töğrisida”gi, “Davlat va xususiy şeriklik töğrisida”gi, “Davlat xaridlari töğrisida”gi, “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi qonunlarni amaliyotga joriy qiliş muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamiyatimizda korrupsiyaning oldini oliş va unga çek qöyiş uçun bugun qabul qilinayotgan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarning sifatini oşiriş, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, oqibatlarini bartaraf etiş, yuzaga kelişiga şaroit yaratuvçi omillarni örganiş asnosida unga qarşi kuraşişning aniq çora va mexanizmlarini qöllaş davr talabiga aylanmoqda.
Konferentsiyada korrupsiyaning oldini oliş böyiça çoralar samaradorligini oşiriş hamda korrupsiyaga qarşi kuraşişda davlat va jamoat taşkilotlarining örni, bunda iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy çoralarning ahamiyati haqida ma'ruzalar tinglandi.












