Prezident Şavkat Mirziyoyev Iştixon tumani Xina qişloğida yaşovçi Toşquvvat Rajabov xonadoniga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, yetmiş yoşdan oşgan Toşquvvat otaning tomorqasini körgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarişta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mö'jazgina issiqxona taşkil etilgan. 

Bir gapni har doim aytaman: heç kim çetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Şavkat Mirziyoyev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bölgan davlat ham, xonadon ham yöq-ku! Biz ham farovonlikka faqat öz mehnatimiz, öz harakatimiz bilan erişişimiz mumkin. 

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qişloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yaşasa böladi. Biz odamlarni iş bilan ta'minlaş, oilalarga daromad manbai yaratiş haqida öylayapmiz. Tomorqa – tayyor işçi joy, tayyor daromad, deya ta'kidladi prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev tomorqaçilik böyiça Samarqand tajribasi qiliş, aholiga köçat va uruğ tarqatiş, ösimliklarni kimyoviy vositalar bilan ta'minlaş böyiça körsatmalar berdi.