Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jinping Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi
Foto: AP Photo/Ng Han Guan
13-chaqiriqdagi Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini birinchi sessiyasi deputatlari 17 mart kuni Si Jinpingni Xitoy raisi lavozimiga qayta saylashdi.
Xitoy konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari lavozimini 45 yoshga to‘lgan fuqaro egallay oladi. Nomzodlar ro‘yxati prezidium raisi tomonidan taklif qilinadi. Yaqinda Xitoy konstitutsiyasiga qabul qilingan tuzatmalarga ko‘ra, endilikda Xitoy raisi lavozimini bir kishi cheklanmagan miqdorda egallay oladi. Avval bunga qatorasiga 2 muddatdan ko‘p marta ruxsat berilmagan.
Si Jinping, shuningdek, qurolli kuchlarni boshqaruvchi oliy davlat lavozimiga – Xitoy markaziy harbiy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi. Ushbu kengash Xitoy Xalq-ozodlik armiyasiga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:55 / 25.11.2025
Tramp va Si Jinping Ukrainadagi urushni muhokama qildi
21:06 / 30.10.2025
Trampning Si bilan uchrashuvi: yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik?
11:41 / 30.10.2025