Sudlar, sud protsesslari va ular iştirokçilarining xavfsizligini ta'minlaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma e'lon qilindi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Sudlarning işlaş vaqti 

Hujjatda belgilanişiça, sudlar, sud protsesslari va ular iştirokçilari hamda yaqin qarindoşlarining xavfsizligini ta'minlaş içki işlar organlari tomonidan amalga oşiriladi.

Sud binosida iş tartibi belgilandi:

• iş vaqti – soat 09:00 dan 18:00 gaça;
• tuşlik vaqti – soat 13:00 dan 14:00 gaça;
• dam oliş kunlari – şanba, yakşanba;
• dam oliş va bayram kunlari sud xodimlarining iş vaqti hamda mas'ul xodimlarning navbatçiligi sud raisi buyruğiga asosan amalga oşiriladi hamda buyruq nusxasi nazorat ötkaziş punktiga (bundan keyin – NÖP) topşiriladi.

Nimalarni olib kiriş taqiqlanadi

Sud majlisini fototasvirga tuşiriş, audio va videoyozuvni amalga oşiriş, şuningdek translyatsiya qilişga sud majlisida raislik qiluvçining ruxsati bilan yöl qöyiladi. Tegişinça sud binosiga mobil telefon, audio, foto va videoqayd etiş vositalari hamda elektron ma'lumot taşuvçi va uzatuvçi uskunalarni uning ruxsatisiz olib kiriş taqiqlanadi.

Sud binosiga öqotar qurolni faqat konvoy va feldʼeger maxsus poçta xizmati xodimlari hamda sudya olib kirişi mumkin.

Kim va qanday hujjatlar asosida sud binosiga kiradi

Protsess iştirokçilarini sud binosiga kiritiş uçun raislik qiluvçi çaqirtirilgan şaxslarning aniq röyxati körsatilgan ruxsatnomani oldindan tayyorlab, uni nazorat ötkaziş punktiga topşiradi. Sud xodimi kelgan şaxslarni röyxat asosida olib kiradi. Biroq çaqiruv qoğozi yöllangan bölsa, uning özi sud binosiga kiriş uçun asos hisoblanadi.

Röyxatga kiritilmagan va çaqiruv qoğozi bölmagan şaxslarga bir martalik ruxsatnoma yozib beriladi. Çiqayotgan vaqtda u NÖPga topşiriladi.

Barça holatlarda fuqaro şaxsini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etişi şart. Katta hajmli sumka, çamadon, quti, tugun yoxud hayvonlar bilan kiriş istagini bildirgan şaxslar kiritilmaydi. Qöl yukini körikdan ötkazişdan boş tortgan yoxud spirtli içimliklar ta'sirida bölgan şaxslar ham kiritilmaydi.