Mett Deymon oilasi bilan Avstraliyaga köçib ötmoqda. 47 yoşli aktyorning aytişiça, u AQŞ prezidenti Donald Trampning siyosatidan töyib ketgan. Sydney Sunday Telegraph‘ning xabar berişiça, Deymon Bayron-Beyda yaqinda "Tor: Ragnaryok" filmida birga suratga tuşgan Kris Xemsvort uyi yonidan köçmas mulk sotib olgan.
Şuningdek, Deymon hozirda yirik loyihalarda işlamayapti. Aktyor rafiqasi Luçana Barroza bilan birgalikda 4 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.
“Mett Gollivuddagi barça döstlari va hamkasblarini Trampning siyosatidan norozi ekanligi, şuning uçun köçib ketayotgaligi haqida ogohlantirgan. Uning bu qarori işiga heç qanday ta'sir körsatmaydi. U faqatgina farzandlari xavfsiz joyda ulğayişlarini istaşini aytgan”, deb xabar bermoqda Sydney Sunday Telegraph naşri.

















