FTB direktori sobiq örinbosari Endryu Makkeybning ma'lum qilişiça, işdan böşatilişiga AQŞ prezidenti Donald Trampning mahkamaga uruş e'lon qilgani sabab bölgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
«Meni ajratib qöyişdi hamda men bilan qanday örin tutganim, qanday harakatlarni amalga oşirganim va FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi böşatilganidan söng qanday hodisalarga guvoh bölganimdan kelib çiqqan holda munosabatda bölişdi», - deya aytib ötdi Makkeyb.
Şuningdek, uning sözlariga köra, pensiyaga rasman çiqişidan avval işdan böşatilgani 21 yillik faoliyatiga nisbatan «öta adolatsizlik» böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq FTBdagi «ikkinçi şaxs» işdan haydalgani xabar berilgandi.












