YeTTB direktorlar kengaşi delegatsiyasi 2018 yil 19-23 mart kunlari Özbekistonda taşrif bilan böladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Taşrif bankning Özbekistonga oid örta muddatli strategiyani tayyorlaşning bir qismi böladi va direktorlarga mamlakatda röy berayotgan islohotlarni baholaşga yordam beradi.
Direktorlar kengaşining dasturida respublika vazirlik hamda idoralarida uçraşuvlar, boşqa xalqaro moliya institutlari vakillari va mahalliy tadbirkorlar bilan muzokaralar olib boriş bor. Ularda iqtisodiyotni liberallaştiriş sohasida kelgusidagi islohotlar va ustuvor jihatlar muhokama qilinadi.
Missiya tarkibidan YeTTBning ön nafar yuqori mansabli xodimi joy oladi:
• Haynts Kaufmann, Şveytsariya, Ukraina, Lixtenşteyn, Turkmaniston, Serbiya, Çernogoriya, Moldova, Özbekiston böyiça direktor
• Yosuke Kavakami, Yaponiya böyiça direktor
• Antonio Oporto, Ispaniya, Meksika böyiça direktor
• Yorgen Frottsler, Şvetsiya, Islandiya, Estoniya böyiça direktor
• Violetta Barviçka-Loftuz, Polşa, Bolgariya, Albaniya böyiça direktor
• Taşkin Temiz, Turkiya, Ruminiya, Ozarboyjon, Qirğiziston böyiça direktor
• Yoxannes Koskinen, Finlyandiya, Norvegiya, Latviya, Livan böyiça direktor
• Rafael Bello, Fransiya böyiça direktor
• Filipp Barresi, Avstraliya, Koreya, Yangi Zelandiya, Misr böyiça direktor
• Garold Frimen, Birlaşgan Qirollik böyiça direktor.
Özbekistonda delegatsiya boş vazir örinbosari Suhrob Xolmurodov, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov, Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Timur Işmetov, senatorlar Sodiq Safoyev hamda Alişer Qurmanov bilan uçraşadi.












