Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelasi yil ham shularni gapirsak, odamlar bizga ishonmaydi – Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. U Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Prezident ma'ruzasida dastavval, viloyat kesimida ish o‘rinlari yaratish haqida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.
“Vaqt shiddat bilan o‘tmoqda, kelasi yil ham shularni gapirsak, odamlar bizga ishonmay qo‘yadi. Quruq gap, safsata ekan, deydi. Shuning uchun bu yerga bir samolyot, bir poyezd odamni olib kelganim bejizga emas.
Viloyatda qisqartirilgan 8320 gektar paxta va g‘alla maydonlariga serdaromad, sermahsul sabzavot ekinlarini ekish, bog‘lar, issiqxonalar barpo etish hisobiga 15300 ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, 29 ming aholiga o‘z shaxsiy tomorqalaridan foydalanishlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish orqali yana 29 ming kishining bandligini ta'minlash mumkin. Mana men Ishtixon tumanida bo‘ldim. O‘zim bilaman ahvolni. Lekin savol tug‘iladi: Prezident borishi shartmi shu joylarga? Shart. Chunki, hech kimga ishonmayman men. Nima uchun men borayapman, meni atrofimda bo‘lganlar 2 karra ko‘p yurishi uchun. 3 karra ko‘p yurishi uchun”, - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026