Jamiyat | 00:08 / 18.03.2018
38752
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda er o‘z rafiqasini o‘ldirib, qotillikni molga to‘nkamoqchi bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati

Samarqand viloyat Bulung‘ur tuman Yangiobod mahallasida yashovchi Dilfuza Normatovaning qora mol shoxlaganligi oqibatida vafot etganligi haqida xabar Bulung‘ur tumani IIBga kelib tushdi. Tezkor xabarga asosan, Bulung‘ur tumani IIB xodimlari tomonidan ish holatlariga aniqlik kiritish maqsadida, tergov harakatlarini olib borilishi davomida Dilfuza o‘z turmush o‘rtog‘i Baxtiyor Normatov tomonidan spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda, o‘zaro kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga urib yetkazgan og‘ir tan jarohati natijasida vafot etganligi aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sodir etilgan jinoyat bo‘yicha Bulung‘ur tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davomida B.N. ning qilmishlari tergov jarayonida to‘plangan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topdi va sud tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid