Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savçenko ukrainalik harbiylar davlat töntaruvida iştirok etişga tayyor ekanliklarini aytdi.

Uning aytişiça, Ukrainada amaldagi hokimiyatni töntarişga rozi bölgan harbiylar keragidan yetarliça. Savçenkoning ta'kidlaşiça, harbiylar sobiq prezident Viktor Yanukoviçga ham qarşi borişga tayyor bölganlar.

“Harbiylar – aytganini qiladigan odamlar. Ular kam gapiradilar, köp latifalar aytişadi va ularning kuçi şunda. Ular köpinça kaltafahmlar va buyruqlarni  bajaradilar, biroq ulardagi sabrning ham çegarasi bor”, deb aytgan Savçenko.

Avvalroq Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko Savçenkoni parlament binosida terakt tayyorlaşda ayblagandi. 

Lutsenko radadan Savçenkoni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berişini söragan. Bunga esa Savçenko boş prokurorni “aqldan ozib qolibdi” deb javob qilgan