Pastdarğom tumanida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda. 

Davlat rahbari salohiyati çeksiz bölgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini qayd etdi.

2017 yilda yalpi hududiy mahsulot atigi 2,5 foizga ösgan. Bu respublika körsatkiçidan 2 barobar kamdir. Viloyatdagi iqtisodiy ahvol ijtimoiy holatga salbiy ta'sir qilgan.

Bugun Samarqandda qariyb 107 ming odam işsiz ekani, bu masalani hal etiş uçun mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni töliq işga soliş hisobiga 120 mingdan ziyod iş örni yaratiş vazifasi qöyilgani ta'kidlandi.