«Yuventus» Italiya çempionatining 29-turida SPAL bilan keçgan öyinda oçko yöqotdi. Ferraradagi «Paolo Matstsa» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmadi - 0:0.
Uçraşuv turinliklar jamoasining töliq ustunligida ötdi, ammo Massimiliano Allegri şogirdlari gol ura olişmadi.
Şu tariqa, turinliklar Italiya çempionatida qatorasiga 12 öyin davom etgan ğalabali seriyani töxtatişdi.
Turinliklar jamoasi ötgan yilning sentabridan buyon safar öyinida gol ura olmadi. Öşanda jamoa Çempionlar ligasi guruh bosqiçida «Barselona»ga qarşi keçgan öyinda maydonni golsiz tark etgandi (0:3).
Şu bilan birga «Yuventus» qatorasiga 10-öyinda gol ötkazmadi va turnir rekordini takrorladi. Oxirgi marta «Yuventus» A Seriya öyinida 2017 yilning 30 dekabrida «Verona»ga qarşi öyinda gol ötkazgandi (3:1).
Endilikda «Yuventus» 75 oçko töplagan holda Italiya çempionati turnir jadvalida birinçi örinda qolmoqda va bu turda hali öz öyinini ötkazmagan «Napoli» — 5 oçko ortda qolgan. SPAL 25 oçko bilan 17-poğonada joylaşgan.
Italiya çempionati
29-tur
SPAL – Yuventus 0:0 (0:0, 0:0)
SPAL – Meret, Çonek, Vikari, Felipe, Ladzari, Kurtiç, Skyattarella, Grassi, Kosta (Şimiç, 90), Paloski (Biler, 82), Antenuççi (Flokkari, 89).
Yuventus – Buffon, De Şilo, Rugani, Kellini (Bardzali, 81), Asamoa (Mandjukiç, 64), Pyaniç, Matyuidi (Bentankur, 84), Duglas Kosta, Dibala, Aleks Sandro, Iguain.
Ogohlantirişlar: Kurtiç (32), Skyattarella (60), Kosta (66), Duglas Kosta (69), Pyaniç (79), Biler (85).












