Hozirgi kunda ingliz tiliniing IELTS (International English Language Testing System), koreys tilining TOPIC (Test of Proficiency in Korean), yapon tilining JLPT (Japanese Language Proficiency Test) deb nomlangan baholaş tizimlari ança ommalaşgan. Endi özbek tilini yetarliça egallaganlarga ham şunga öxşaş sertifikat beriladi. Uşbu hujjat talabi “ÖZBeGIM” (Özbek tilini bosqiçlaştirilgan eşitiş, gapiriş, imlo va mutolasi) nomli dasturga asoslanadi.

Dunyoning nufuzli universitetlarida özbek tili va adabiyotini öqitişga ixtisoslaşgan kafedra va fakultetlar bor. Ammo şu paytgaça xorijliklarning özbek tili borasidagi bilimlarini baholaydigan dastur va muayyan tizimga solingan, mukammal darslik yöq edi.

Yaqinda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Özbek tilining xalqaro baholaş tizimi — UzLISA (Uzbek Language International Standard of Assessment) yaratildi.

– Dunyoning köplab davlatlarida muayyan şaxsning xorijiy til borasidagi bilimi CEFR (Common European Framework of Reference), ya’ni «Umumevropa til könikmasi qolipi» asosida baholanadi, – deydi loyiha muallifi, universitet öqituvçisi Habibulla Boqiyev. – Biz ham imtihon talablarini uşbu andoza asosida tayyorladik. Uç bosqiçga ega darajalar esa Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini «Uzluksiz ta’lim tizimining çet tillar böyiça davlat ta’lim standartini tasdiqlaş töğrisida»gi qarorida belgilangan şartlarga moslaştirilgan.

Sertifikat egasi, birinçi navbatda, Özbekistondagi oliy öquv yurtlarida tahsil oliş huquqiga ega böladi. Tadqiqotlar olib borib, ilmiy darajalarni egallaş borasidagi imkoniyatlari ham keskin ortadi. Şuningdek, yurtimizdagi muassasalarda faoliyat olib boriş imkoniyatiga ega böladi.

Imtihonlarni ötkazuvçi va tegişli sertifikatni topşiruvçi markaz esa Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hisoblanadi.