Venesuela parlamenti deputati Xose Gerra Apura ştatidagi Elorsa şahri aholi punktiga nomdoş valyutasini işlab çiqargani haqida ma'lum qildi.
"Naqd pullar bilan boğliq inqiroz sabab mahalliy valyutalar muomalaga kiritila boşladi. Mana — Apur ştatidagi Elorsa şahri "elorsa" valyutasini muomalaga kiritdi. Giperinflyatsiya va naqd pullar yetişmovçiligi "mini-markaziy banklar"ning yuzaga kelişiga sabab bölmoqda", - dedi Gerra.
Bundan avval Venesuelada töplangan inflyatsiya darajasi 2017 yilning fevralidan 2018 yilning fevraliga qadar 6000 foizdan köproqqa oşgani haqida ma'lum qilingan edi.












