Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yölladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yiğinining 13-çaqiriq birinçi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantiriş, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi örni va ahamiyatini mustahkamlaş, global miqyosda, şu jumladan mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşga xizmat qilişiga işonç bildirilgan.
Bugungi kunda mamlakatlar örtasidagi döstona munosabatlar, avvalo XXR Raisining şaxsiy e'tibori va qöllab-quvvatlaşi tufayli eng yuksak – strategik şeriklik darajasiga çiqqani, amalda har tomonlama öylangan va özaro manfaatli xususiyat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Hukumatlar, vazirlik va idoralar, işbilarmon, moliyaviy va ilmiy doiralar örtasidagi uzoq muddatli va köp qirrali hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qişloq xöjaligi, bank-moliya va köplab boşqa sohalarda yirik qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatlar xalqlarini har tomonlama yaqinlaştiriş va özaro anglaşuvni çuqurlaştirişga xizmat qiladigan mintaqalararo va madaniy-gumanitar aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani tahsinga sazovor, deyilgan davlat rahbarining qutlovida.











