Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish:
2017 yil 1 oktabr — 2018 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda;
2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — majburiy tartibda;
avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 — 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
13:12 / 04.07.2026