Andijon viloyatining Oltinköl tumanida Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik işlari qizğin va kötarinki kayfiyatda olib borildi.

Tuman ahli qişloq va mahallalarda bayram oldidan keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirdilar. Köplab manzarali va mevali daraxt köçatlar, rango-rang gullar ekilgan tuman köçalarini aylansangiz, bayramona manzaralardan közingiz quvnaydi.

600 nafardan ziyod yoşlar “Oltinköl” stadionida “Assalom Navröz”, “Oltinkölda bahor” şakllarida fleşmob taşkil qilişdi.

Qoradaryo böyida  asrlar oşa yaşab kelayotgan xalq öyinlari namoyiş etildi. Bel olişib, bilagidagi kuçni körsatgan polvonlar bahsi davom etdi. Final bahsida oltinköllik polvon Şahrixondan kelgan sportçi bilan bellaşib, mehmonning qöli baland keldi.

Bahorgi tengkunlik - Navröz ayyomining asosiy tantanalari tuman markazidagi “Oltin sohil” madaniyat va istirohat boğida ötkazildi.