Joriy yilning 18 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqamiga» Toşkent viloyati Böstonliq tumani Uçbov qişloğida istiqomat qiluvçi fuqaro toğli hududda yöqolib qolganligi töğrisidagi murojaat kelib tuşadi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Şundan söng, «Çimyon» qutqaruv otryadi qutqaruvçilari U.Kuliyev, D.Oçilov, F.Abdiyev va I.Mirzaaxmedovlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, qidiruv işlarini amalga oşirdilar. Natijada, qutqaruvçilar tana qismiga köplab jarohat yetgan fuqaroni topişga muvaffaq bölişdi. 

Aniqlanişiça, jabrlangan fuqaro toğyon bağrida sayr qiliş jarayonida ehtiyotsizlik tufayli sirpanib ketib, taxminan 4 metr balandlikdan qulab tuşgan. Buning oqibatida, öng oyoğida oçiq siniş, öng qöli va çap oyoğida siniş holatlari, şuningdek, boş qismida ham jarohat kuzatilgan.

Öz vaqtida yordamga kelgan qutqaruvçilar tezda jabrlangan fuqaroga birinçi tibbiy yordam körsatiş bilan birga uni xavfsiz hududga evakuatsiya qilişadi hamda tez yordam xodimlariga topşirdilar. Hozirgi vaqtda jabrlanuvçining ahvoli – örta darajada.