AQŞ federal savdo komissiyasi Facebook’ni şaxsiy ma'lumotlarni qöllaş qoidalarini buzganlikka tekşirişni boşladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Manbaning aytişiça, komissiya ijtimoiy tarmoq qoidani buzib, Cambridge Analytica kompaniyasiga öz foydalanuvçilari şaxsiy ma'lumotlariga kirişga ruxsat berganini tekşiradi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampga işlagan Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook’ning 50 mlndan köproq foydalanuvçisining ma'lumotlarini öğirlagani ma'lum bölgan.

Bu xabar sababli Facebook aksiyalari qiymati 37 mlrd dollarga kamayib ketgan.