Avstraliyalik muhandis-mexanik Piter Makmaxon Malaysia Airlines aviakompaniyasining yöqolib qolgan “Boing” samolyotini Google Earth xaritalarida topganini aytmoqda. Samolyot 2014 yilda Janubiy Xitoy dengizi ustidan uçib ötayotganda yöqolib qolgan. Samolyot falokatga uçragan joy hanuzgaça topilmagan.

Avstraliyalikning ta'kidlaşiça, samolyot qoldiqlari Dumaloq orolidan 16 km janubda, Mavrikiydan 22,5 km şimolroqda, ya'ni okeanning örganilmagan qismida joylaşgan.  

Samolyot işi böyiça Avstraliyaga 4 nafar amerikalik tergovçi jönatilgan, biroq Makmaxonning fikriça, bu tergovçilar muhim axborotni yaşirmoqdalar. Uning fikriça, AQŞ hukumati samolyot öqqa tutilgani sababli uni qidirişdan boş tortmoqda. 

Foto: Wikipedia Commons

“Ular barça olingan ma'lumot jamiyatdan, hattoki hukumatimizdan yaşirilganiga işonç hosil qilişdi, biroq nega bunday qilganlar? Ular samolyot topilişini istaşmayapti, çunki samolyot qoldiqlarida öqlarning köplab izlari körinib turibdi va agar bu aniqlansa, yangi savollar paydo böladi”, deb aytgan Makmaxon.

Foto: bigpicture

Birinçi surat samolyotni eslatadi.

Foto: bigpicture

Ikkinçi surat esa “Boing” kabinasi va old qismini eslatadi. 

Makmaxon Avstraliya transport xavfsizligi boşqarmasiga uşbu haqda ma'lumot jönatgan va boşqarmada topilma yöqolgan samolyot bölişi mumkinligi aytilgan.

2014 yil martda Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz qilayotgan samolyot parvoz boşlangandan 6 soat ötib Hind okeaniga qulagani taxmin qilinadi. Radiolokatsion vizualizatsiyaning körsatişiça, samolyot uçuvçisi parvozning birinçi soati yönalişdan keskin oğişgan, keyinroq esa samolyot butkul radarlardan yöqolgan. Samolyotda 239 kişi bölgan, 2016 yil yanvarda ularning barçasi halok bölgan, deb topilganlar.

2015 va 2016 yillarda qanot, qoplama va zakrilkaning bir neça bölaklari topilgan.