Isroil razvedka xizmatlari işi böyiça vaziri Israel Katsning çorşanba kuni ma'lum qilişiça, yahudiylar davlati tomonidan 2007 yilda Suriyadagi yadro reaktorining yöq qilinişi – bu Eronga signaldir. Isroil Tehron yadro quroliga egalik qilişiga heç qaçon yöl qöymaydi.
"Suriyada 2007 yilda bölib ötgan amaliyot va uning muvaffaqiyati şundan darak berdiki, Isroil yadro quroli öziga tahdid qilayotgan odamlarning qöliga tuşişiga heç qaçon yöl qöymaydi. Bu öşanda Suriya edi, endi esa – Eron", - deya vazirning bayonotini keltiradi Reuters agentligi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil 2007 yilda uning aviatsiyasi Suriyadagi yadro reaktorini bombardimon qilgani haqidagi ma'lumotni oşkor etgandi. «Isroil harbiy-havo kuçlari 5dan 6 sentabrga ötar tunda Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida, Damaşqdan 280 milya şimoli-şarqdagi yadro obektini yöq qildi. U qurilişning sönggi bosqiçida bölgan. Törtta F-16 samolyoti nafaqat Isroilga, balki butun mintaqaga xavf solişi mumkin bölgan atom tahdidini yöqqa çiqardi», - deyiladi xabarda.












