Andijonning barça tuman, şahar va qişloqlarida  Navröz bayrami kötarinki kayfiyatda ötkazilmoqda.

Boğişamol dahasidagi “Boği Bobur” madaniyat va istirohat boğida viloyatning asosiy tantanalari hamda xalq sayillar  ötkaziş uçun  har yilgidan özgaça  taraddud körildi.

Bahor bayrami arafasida maskan butunlay yangiça qiyofa kasb etgan.  Viloyat ahli 20 mart kuni “Boği Bobur”da bahor ayyomini nişonladilar. Barça tumanlardan kelgan jamoatçilik vakillari gözal sayilgohda zör bayram qildi.

Yurtning eng zör oşpazlari devzira guruçdan 2 tonnalik palov damladi. Viloyat badiiy havaskorlik dastalari, san'at ustalari iştirokida katta konsert dasturi namoyiş qilindi. Asrlardan meros xalq qöşiqlari, lapar, askiya payrovlari, milliy urf-odatlarimiz aks etgan fayzli dastur barçani lol qoldirdi.

E'tiboringizga, bayram tantanalaridan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz.