Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu kunning özida Samarqand şahrida ötkazilayotgan Navröz şodiyonalarida ham iştirok etdi. 

Alişer Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat boğida viloyatning salohiyati, şahar va tumanlarning körgazmalari, sahna körinişlari namoyiş etildi. 

Davlatimiz rahbari viloyat jamoatçiligi, nuroniylar, faollar, yoşlar bilan suhbatlaşib, barçani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy muloqot çoğida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi özgarişlar haqida söz bordi.  

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, Şavkat Mirziyoyev mazkur boğda örnatilgan Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qöydi. 

«Özbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bölgan uşbu şoirlar zamondoş, hamfikr bölgan. Ularning adabiy merosi bugungi kunda Özbekiston va Tojikiston xalqlari örtasidagi döstlik va qardoşlik aloqalarini mustahkamlaşda muhim manba bölib xizmat qilmoqda», deyilgan xabarda. 

Samarqanddagi bayram şodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnaşdi. Prezident ular bilan suhbatda ajdodlarimizning ma'naviy merosi xalqlarimizning umumiy boyligi ekani, uni örganiş azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşini ta'kidladi.