AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qildi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Tramp Putinni saylovdagi ğalaba bilan qutlagan.

Ikki davlat rahbarlari muloqot çoğida xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzularni, xususan, Ukraina va Suriya masalasini muhokama qilişgan.

«Tomonlar Suriya va Ukrainadagi vaziyatni izga soliş uçun harakatlarni jadallaştiriş muhimligini qayd etişgan. Ular Koreya yarim orolidagi vaziyatni ham muhokama qilişgan. Putin va Tramp bu masalalarni diplomatik yöl bilan hal qiliş zarurligiga e'tibor qaratişdi.

Muloqot işçi xarakterda, Rossiya-Amerika munosabatlaridagi muammolarni hal qilişga qaratilgan ruhda ötkazildi», deyilgan xabarda.