50 million foydalanuvchining ma'lumotlari o‘g‘irlangach, jahonning birinchi raqamli ijtimoiy tarmog‘i bilan nimalar sodir bo‘lmoqda? VC.ru ushbu savollarga javob axtarishga urinib ko‘rdi.

2018 yilning martida Facebook 50 milliondan ortiq foydalanuvchining ma'lumotlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq mojaro markazida qoldi. 19 martga kelib ma'lum bo‘ldiki, Cambridge Analytica firmasi foydalanuvchilardan beruxsat ularning ma'lumotlarini qo‘lga kiritgan va undan Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida samarali siyosiy reklama yo‘lida foydalangan.

Foto: Business Insider

Facebook esa ma'lumot sizdirilganini bilgan, lekin hech qanday chora ko‘rmagan, deb taxmin qilinmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida kompaniya aksiyalari shiddat bilan pasaymoqda, voqeani AQSh va Yevropa hukumatlari tekshirmoqda.

Cambridge Analytica — siyosiy partiyalar bilan ishlovchi, ularga ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyaning xatti-harakatiga ta'sir o‘tkazishda ko‘maklashuvchi Britaniyaning tahliliy firmasi. Uning mutaxassislari foydalanuvchilarning xulqini tekshirishadi va buyurtmachining xabarini yetkazishadi. Kompaniyaga 2013 yilda Merserlar oilasi qo‘llovi bilan asos solingan va BuzzFeed’ga ko‘ra saylovda bu oila Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan.

Facebook’dagi AQShlik 50 million foydalanuvchilarning ma'lumotini Cambridge Analytica Kembrij universiteti professori Aleksandr Kogandan sotib olishgan. 2014 yilda u tadqiqot maqsadida this is your digital life ilovasini yaratgan, unda Facebook orqali ro‘yxatdan o‘tib, mukofot evaziga psixologik test topshirish kerak bo‘lgan. Dastur foydalanuvchilar sahifasidagi ma'lumotlar va do‘stlar haqidagi axborotlarni qo‘lga kiritgan. Ilovaga 270 ming kishi ulangan va buning sharofati bilan Kogan deyarli 50 million kishi haqidagi ma'lumotga ega bo‘lgan.

2015 yilda Facebook aniqladiki, Kogan qoidalarni buzgan: ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar va ularning do‘stlari haqidagi axborotni yig‘ishga ruxsat beradi, faqat ular egasida qolishi hamda uchinchi shaxslarga berilmasligi sharti bilan. Kompaniyaning