Şirin içimliklarni, jumladan mevali şarbatlarni katta miqdorda iste'mol qiluvçi yoşi 45dan katta bölgan kişilar yurak-qon tomir kasalliklari sabab hayotdan erta köz yumişi mumkin. Bunday xulosaga Amerika yurak xastaliklarini örganiş assotsiatsiyasidagi uçraşuvda öz tadqiqotlari dastlabki natijalarini e'lon qilgan olimlar keldi, deb xabar qilmoqda EurekAlert.

Har kuni 700 grammdan köproq şirin içimliklarni iste'mol qilgan tadqiqot iştirokçilarining törtdan bir qismi bunday içimliklarni iste'mol qilmaganlardan farqli ravişda yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etişi ehtimoli ikki barobarga köproq ekan. Biroq, tadqiqot şirin taom iste'moli miqdori hamda ölim xavfi örtasidagi boğliqlikni aniqlamagan. Ehtimol, bu şakarning inson organizmiga qanday yöl bilan singişiga aloqadordir.

Olimlarning işida qariyb 18 ming amerikalik töğrisidagi ma'lumot tadqiq qilindi, ular olti yil davomida özi haqidagi ma'lumotni xabar qilib borgan, olimlar esa ölim haqidagi xabarlar va ularning sababini tahlil etişdi.