Suriya şimolida «Zaytun novdasi» amaliyoti boşlanganidan buyon amaliyot doirasida 3698 nafar terrorçi öldirilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Iroqning Sinjar tumani hududida ham Kurdiston işçilar partiyasiga mansub kurdlarning 38 nafar jangarisi öldirilgan.

«Agar hammasi şunday saqlanib qolsa, biz davom etamiz», - deya qayd etgan Erdöğan.

Prezident, şuningdek, Anqara tomonidan şu vaqtgaça e'lon qilinmagan amaliyotning boşqa maqsadlari haqida gapirgan.

«Ular Manbijni tark etmadi. Ammo ularning Manbijda bölişga haqlari yöq», - deya qayd etgan Erdöğan.

Uning qayd etişiça, Turkiya «Manbijdagi terrorçilar yöq qilinmaguniça» töxtamaydi.

«Turkiya bu yölga kirib bölgan, bizni heç kim töxtata olmaydi», - degan Erdöğan.

Turkiya rahbari Vaşingtonning munosabatiga ham javob qaytarib ötgan.

Uning sözlariga köra, özi barça çegaralarni kesib ötaveradigan AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya böyiça bayonot berişdan tiyilişi kerak.

«Tramp nomidan gapirayotganlar özlari nima deyayotganlarini tuşunişmaydi», - deya qayd etgan u.

Turkiya yanvar oyi oxiridan Suriyaga kirib «Xalq özini özi mudofaa qiliş kuçari» bölinmalari va «Demokratik ittifoq» partiyasiga mansub kurdlarga zarbalar berdi va mart oyi boşida Afrinni egalladi.