Madaniyat va ta’lim masalalarida Buyuk Britaniya nomidan faoliyat yurituvçi Britaniya kengaşi 22 mart kuni Rossiya hukumatining tegişli qaroriga muvofiq, RFdagi faoliyatini töxtatişi haqida e’lon qildi. 

RF prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili Mixail Şvidkoyning sözlariga köra, ikki tomonlama madaniy dasturlar endi Buyuk Britaniya elçixonasi liniyasi orqali amalga oşirilişi mumkin. TASS tomonidan söroq qilingan Rossiya muzeylari vakillari taşkilotning yopilişi ularning işiga xalaqit bermasligini aytişgan, şu bilan birga, bu çet ellarda öqişga kiriş uçun IELTS xalqaro imtihonlarini ötkazişga ham ta’sir qilmaydi.

Rossiya va Birlaşgan Qirollik munosabatlari 4 martda Solsberida röy bergan voqea fonida keskinlaşdi. Rossiyada Britaniya foydasiga josuslik qilişda ayblangan sobiq "GRU" polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya, Britaniya tomon versiyasiga köra, u yerda asab-paralitik tizimi ta’siriga yöliqişgan. 

Londonda ta’kidlanişiça, bu modda göyoki Rossiyada işlab çiqilgan. Şu asnoda Buyuk Britaniya RFni voqeaga daxldorlikda ayblagan. Heç qanday isbot taqdim etmagan London 23 nafar rossiyalik diplomatni mamlakat hududidan çiqarib yuborgan va boşqa aksilrossiya çoralar haqida e’lon qilgan. Şundan keyin Moskva javob çoralarni qöllaşga qaror qilgan va Britaniya elçixonasining xuddi şunça xodimini RFdan çiqarib yuborgan. Bundan taşqari, Buyuk Britaniyaning Sankt-Peterburgdagi boş konsulligi yopilib, RFda Britaniya kengaşi faoliyatiga nuqta qöyilgan.