«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon jahonning «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu va «Barselona» yetakçisi Lionel Messini taqqoslab kördi.
«Messi va Ronaldu butunlay boşqa-boşqa toifadagi futbolçilar. Messi — nisbatan köp qirrali futbolçi, çunki u köproq orqaroqqa qaytib hujumlarni boşlaydi. U texnik jihatdan yuqori salohiyatga ega. Messining maydonni köriş, öyinni öqiş qobiliyati yuqori. Messi hujumlarni yakunlovçi emas, balki himoya va hujum örtasida boğlam yaratadigan futbolçi sanaladi.
Kriştianu Ronaldu esa, balki yoşi ötib borayotgan sabablimi, jarima maydonçasi içidagi haqiqiy «qotil»ga aylanmoqda. Hozirgi Ronalduning avvalgisidan farqi şuki, ayni paytda u kuçini tejagan holda öynamoqda, avvalgidek qanotlarga ötib fint yoki tryuklarni amalga oşirmayapti. Ammo u jarima maydoniga yetkazib berilgan istalgan töpni golga aylantirişi mumkin», deya Buffonning sözlarini keltiradi Foootball Italia.












