Yevropa ittifoqi yetakçilari Moskvadan YeI elçisini çaqirtirib olişga kelişib oldilar. Bu Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişi tufayli ötkaziladigan maslahatlaşuv uçun kerak, deb xabar qilmoqda Reuters manbalarga asosan.

«Elçi maslahatlaşuvlar uçun çaqirib olinadi», - deya ma'lum qilgan agentlik manbasi.

Ta'kidlanişiça, ayni damda Yevropa ittifoqining Rossiyadagi elçisi nemis diplomati Markus Ederer sanaladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi yetakçilari Buyuk Britaniyaning Skripal işi böyiça pozitsiyasiga qöşilişgan xabar berilgandi. Yevrokengaş rahbari Donald Tuskning ma'lum qilişiça, Rossiya, katta ehtimol bilan, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyuştirilgan hujum uçun mas'uldir.