Ayni kunlarda Yonğin xavfsizligi instituti boşliği general-mayor A.Qöldoşev boşçiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga taşrifi davom etmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi instituti xabar berdi.
Delegatsiya a'zolari Davlat yonğinga qarşi xizmati Akademiyasi (Moskva şahri)ning faoliyati, öquv jarayonining taşkil etilişi, bu yerda yaratilgan keng şaroitlar, öquv poligonlari hamda boşqa bir qator imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar.
Şu bilan birgalikda, taşrif doirasida har ikkala oliy ta'lim muassasalari rahbarlari örtasida uçraşuv ötkazilib, unda tomonlar özaro hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada rivojlantiriş masalalarini keng muhokama qilib oldilar.
Uçraşuv söngida general-mayor A.Qöldoşev hamda general-mayor V.Basov tomonidan “Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi instituti va Rossiya Federatsiyasi FVV Davlat yonğinga qarşi xizmati Akademiyasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi” imzolandi.
Uşbu hujjat kelgusida, tomonlar e'tirof etganlaridek, professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar va kursantlar (tinglovçilar)ning özaro tajriba almaşişlari, ilğor pedagogik usullarni joriy qilişlari, birgalikda ilmiy izlanişlar ustida iş olib borişlari kabi yana köplab sohalar rivojiga amaliy hissasini qöşadi.
Yonğin xavfsizligi instituti delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga taşrifi davom etmoqda.

















