Bugun, 23 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida qişloq xöjaligini jadal rivojlantiriş va islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça işlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, yiğilişda Prezident tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş, tomorqada aholining mehnat bilan bandligini ta'minlaş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.
Ma'lum qilinişiça, endi respublikaning barça tumanlarida Buxoro viloyatining Romitan hamda Samarqand viloyatining Iştixon tumanlari misolida «Tomorqa xizmati» korxonalari taşkil etiladi.
Tumanlarda uşbu korxonalar orqali mineral öğit, kimyoviy preparatlar yetkazib beriş, mexanizatsiya va boşqa servis xizmatlarini körsatiş, yetiştirilgan hosilni qabul qiliş, qayta işlaş, saqlaş, eksport qiliş va yuqori daromad oliş böyiça tizim yaratiladi.











