Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qişloq xöjaligini jadal rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligiga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
«Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş – katta masala. Bu esa qişloq xöjaligida yuqori hosil oliş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli ötkazişga boğliq», dedi davlatimiz rahbari.
Prezident matbuot xizmati tomonidan xabar qilinişiça, yiğilişda ğalla hosildorligini oşiriş, çigit ekiş işlarini sifatli bajariş, meva-sabzavot, kartoşka, uzum va poliz mahsulotlari yetiştirişga oid masalalar muhokama qilindi.
«Uruğ sentabr-oktabr oylarida ekilib, öz vaqtida mineral öğit berilgan va suğorilgan dalalarda ğalla töliq nayçalaş bosqiçida rivojlanmoqda. Lekin 5,7 foiz maydonlarda ğalla ösişi keçikib, haligaça töplaş fazasida qolmoqda. Buning asosiy sababi ğallani suğoriş, dalalarga mahalliy öğit çiqariş, yovvoyi ösimlik va zararkunandalarga qarşi kuraşiş borasida sustkaşlikka yöl qöyilganidir.
Bu kabi kamçiliklarni bartaraf etiş, ğallani mart va aprel oylarida kamida bir martadan qondirib, şarbat usulida suğoriş hamda suspenziya usulida bargidan oziqlantiriş, ösimliklarni himoyalaş vositalari sepişni yakunlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Har bir fermer xöjaligi böyiça don yetiştirişda hosildorlikni gektariga kamida 10 sentnerga oşiriş yuzasidan dolzarb oylik e'lon qilib, 21 aprelgaça kunma-kun amalga oşiriladigan çora-tadbirlarni belgilaş zarurligi ta'kidlandi», deyiladi xabarda.
Çigit ekişni sifatli ötkaziş va töliq köçat oliş masalasiga e'tibor qaratilgan.
Joriy yilda 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga çigit ekiş belgilangan. Bu 2017 yilga nisbatan 135 ming gektarga, 2016 yilga nisbatan esa 184 ming gektarga kamdir. Çunki fermerlarga faqat zarar keltiradigan, hosildorligi 15 sentnerdan past bölgan yerlarga paxta ekişdan voz keçildi, buning örniga xaridorgir mahsulotlar ekilişi belgilandi.
«Eng asosiysi, qişloq xöjaligida iqtisodiy asosli va adolatli tizim yaratilib, paxta-ğallaning xarid narxi xarajatlarni qoplaydigan va foydani ta'minlaydigan qilib belgilab qöyildi. Endi «çigit ekişga mablağ yetmayapti, yoqilği yöq» degan bahonaga örin qolmadi, ajratilayotgan mablağlar barça tadbirlar uçun yetadi», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bois Qişloq xöjaligi vazirligi, viloyatlar va tumanlardagi sektorlar rahbarlariga çigit ekiş işlarini mutlaqo yangi tizim böyiça taşkil etiş böyiça körsatmalar berilgan. Mavsumda talab etiladigan uruğlik, mineral öğit, çigit ekiş texnikasi va yoqilği-moylaş mahsulotlarini aniq hisob-kitob va jadval asosida yetkazib beriş, 15 aprelgaça çigit ekiş işlarini töliq yakunlab, 25 aprelga qadar nihol undirib oliş zarurligi ta'kidlangan.

















