24 mart kuni «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning soliqlardan böyin tovlaganlik işi böyiça navbatdagi sud mahkamasi ötkazildi.
Futbolçining advokatlari jarayonga uç nafar soliq ekspertini taklif qilişdi. Tört soat davom etgan söroq natijasida, ekspertlar soliq idoralarining haq ekanini tan olişga majbur bölişgan, deb xabar beradi Cadena Ser.
Bundan taşqari, ekspertlar imij huquqlaridan olingan daromad, köçar mulk kabi past stavka böyiça soliqqa tortilişi kerakligi haqidagi advokatlarning fikrini umuman notöğri ekanini tasdiqlaşgan.
Manbaning ta'kidlaşiça, bunday körsatmalardan söng, Ronaldu hukumat vakillari bilan kelişib olişga va nizoni hal qiliş uçun muzokara boşlaşga majbur böladi. Aks holda u soliqlarni tölaşdan böyin tovlagani uçun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, şu paytgaça Ronaldu bu iş yuzasidan töliq aybsiz ekanini ta'kidlab kelayotgandi.












