Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko Rossiya qamoqxonasida jazoni ötayotganida yollangani haqidagi ma'lumotni rad etib çiqdi. Bu haqda Peskov «MIR 24» kanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Albatta, bu yolğon ma'lumot. Savçenko – Ukrainaning içki işidir. Kuzatiş juda qiziq bölib turibdi. Bugun Yevropa yetakçilari muloqotni davom ettirmoqda, kun oxirigaça Kiyevdagi hukumatga Savçenkoni ozod etiş böyiça talab qöyilgan qandaydir bayonot qabul qilinişi yoki qilinmasligi ham qiziq. Kuzatamiz», - deya aytib ötdi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko qölga olinganidan söng bayonot bergandi. «Hukumat öz tanlovini amalga oşirdi, endi sizlar tanlaşingiz kerak», - deya aytib ötgan Savçenko.

















