Kiyevdagi Şevçenkovskiy rayon sudi Oliy rada deputati Nadejda Savçenko uçun ikki oy muddatga qamoqqa oliş çorasi tayinladi. Bu haqda Ria Novosti agentligi xabar bermoqda.

«Savçenko sud zalida hibsga olindi. Savçenkoni qamoqda uşlab turiş muddati 59 kun, 20 maygaça», deya ma'lum qilgan uşbu sud işi böyiça sudya Yevgeniy Sidorov.

Gumonlanuvçining himoyasi şikoyat qilmoqçi. Deputatning advokati Viktor Çevguz sud qarorini «iş materiallariga mutanosib emas va obektivlikdan yiroq» deya baholagan.

Sud majlisida Savçenko özining aybdor emasligi haqida gapirgan.

«Heç qanday jinoyat bölmagan. Bu ayblovga isbot ham yöq. Mening işim siyosiylaşgan», degan Savçenko sudya öziga söz berganida.

U şuningdek oçlik e'lon qildi.

Bundan taşqari, u öz vaqtida Ukraina hukumati uçun «ramz» bölgani, endilikda «keraksizga çiqarilgani» haqida fikr bildirgan.

Muhabbatdan nafratgaça 2 yil: Savçenkoning davlat töntarişi böyiça ssenariysi