Buyuk Britaniyaning Bristol qirollik sudyasi uyida 250 ta qölbola portlovçi qurilma saqlagan erkakni 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, sudlanuvçi – 29 yoşli Riko Fernandes uyida bombalardan taşqari, öq-dorilar, bronejiletlar uçun konteynerlar, portlovçi modda tayyorlaş uçun kimyoviy moddalar saqlagan.

Öq-dorilar ombori ötgan yil kuzida, Fernandesning uyida portlovçi qurilmalardan biri portlagandan keyin topilgan. Voqea joyida işlagan politsiyaçilar va öt öçiruvçilar Fernandesning uyida tintuv ötkazib, qöşnilarini evakuatsiya qilişgan. Fernandesning özi esa portlaş oqibatida kuyiş jarohatlari olgan va 2 hafta şifoxonada yotgan.

23 mart kunidagi sud jarayonida ayblanuvçi portlovçi moddalar saqlaganini tan olgan. U umumiy hisobda 3 yil 4 oylik qamoq jazosi olgan. Ayni vaqtda u 6 oyga yaqin hibsda uşlab turilgan.

Prokuror Reyçel Dreykning aytişiça, ayblanuvçida terrorçilik maqsadlari bölmagan, biroq portlovçi moddalarga qiziqişi katta bölgan. Sudyaning qaror qilişiça, portlaş tasodifan yuz bergan va ayblanuvçi boşqalar hayotini xatar ostiga qöymoqçi bölmagan.