Sport | 18:50 / 25.03.2018
30578
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov Kolumbiyada hakamlar nohaqlik qilganini aytdi

Foto: eluniversal.com

WSB yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi a'zosi, -75kg vazn toifasida ringga ko‘tariluvchi Isroil Madrimov Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan janglarda hakamlarning nohaqlik qilganidan nolidi.

«Allohga shukurlar bo‘lsinki, janglarni ham o‘tkazib oldik! Men anchadan buyen bunaqa yaxshi boks tushmagandim, ammo hakamlarni tushinish kiyin. Bunaqa holat boksda ko‘p uchrab turadi

Biz 3-2 hisobi bilan yutib ketishimiz kerak edi, lekin... Mayli hammasi Allohdan, janglarni ko‘rishni tavsiya qilaman. Hammaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, raxmat!», deya yozdi Madrimov Instagram‘dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Colombia Heroicos jamoasiga qarshi mehmonda kechgan janglarda Uzbek Tigers jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jumladan Isroil Madrimovning jangida ham hakamlar raqib bokschisiga g‘alabani taqdim etishdi. Quyida mazkur jang videosini tomosha qilishingiz mumkin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid