Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxtiga yetib keldi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar beradi.
Davlat rahbarini tantanali kutib oliş marosimidan söng, Nazarboyev va BAA Qurolli kuçlari Oliy qömondoni örinbosari, Abu-Dabi şahzodasi Muhammad ibn Zaid örtasida yuksak martabali uçraşuv taşkil etildi.
«Mening BAAga taşrifim şayx Zaid ibn Sultonning 100 yilligiga töğri keldi. Men otangizni şaxsan taniganimdan faxrlanaman», deb fikr bildirdi Qozoğiston prezidenti.
Ikki davlat rahbarlari örtasida erişilgan kelişuvlar tufayli özaro tovar aylanmasi hajmi 2017 yilda 374 million AQŞ dollaridan 643 million AQŞ dollariga yetgani alohida ta'kidlandi.

Taşrif davomida ikki mamlakat yetakçilari özaro iqtisodiy hamkorlik va çet el sarmoyasini kafolatli himoya qiliş töğrisidagi kelişuvga imzo çekdi. Şuningdek, Ötrov oblastida polietilen işlab çiqariş böyiça integratsiyalaşgan gaz-kimyo kompleksini quriş böyiça dastlabki kelişuvlar amalga oşirildi.
Nursulton Nazarboyev Morport Aktau hududidagi MÇJ şaklida faoliyat yurituvçi maxsus iqtisodiy zonaning 49 foiz aksiyalarinin sotişga rozilik berdi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Qozoğiston Taşqi işlari vazirligi BAA bilan fuqarolarning vizasiz tartibda ikki mamlakatga taşrif buyurişiga doir şartnomani imzolagandi.












