Tesla Avstraliyaga elektr energiyasining 30 foizdan 40 foizgaçasini bepul yetkazib berdi, çunki uning akkumulyatorlari haddan taşqari tez işlaydi. Avstraliya elektr energiya operatori (Australian Energy Market Operator, AEMO) elektr energiyasining hammasini hisobga olişga ulgurmayapti. Bu haqida kompaniya Sydney Morning Herald naşriga ma'lum qildi. 

Tesla Powerpack batareyalari Avstraliyada zaxiradagi elektr energiya manbalari sifatida qöllaniladi, generatorlar qandaydir sabablarga köra işlamay qolsa yoki talabga javob bera olmasa, Tesla Powerpack akkumulyatorlaridan foydalaniladi. Avstraliya standartlariga köra, elektr öçirib qöyilgan taqdirda, energetik kompaniyalar 6 soniyadan 5 daqiqagaça bölgan vaqt orasida uni tarmoqqa qaytarişi kerak böladi.

Foto: David Mariuz /Tesla

Talablar qazib olinuvçi generatorlarga möljallangan, ularning iş boşlaşi uçun esa vaqt kerak, xususiyatlar esa energiya manbalari imkoniyatlarini hisobga olmaydi. Tesla'da kompaniya batareyalari keragidan tezroq (atigi 200 millisoniyada) reaksiya qilişini ta'kidlaşmoqda. 

Batareyalarda doimo energiya mavjud böladi va kompaniya şunçaki uni tarmoqqa yetkaziş maqsadida yoqadi. Şu tariqa 200 millisoniyadan 6 soniyagaça vaqt oraliğida yöllangan elektr energiyasi Avstraliya operatori röyxatdan ötkazişga ulgurişi uçun "haddan taşqari tez".

Foto: David Mariuz /Tesla

Hornsdale Power Reserve markazidagi batareyalar mavjud AEMO texnik xususiyatlari sabab 30 foizdan 40 foizgaça bölgan xizmatlarni bepul yetkazib bermoqda.
Tesla vakili