Davlat raqobat qömitasi aksiyadorlik jamiyatlarini taşkil etiş va ularning samaradorligi, şuningdek fond bozorini rivojlantiriş masalalari böyiça hujjatlar loyihalarini işlab çiqdi. Loyihalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Undan keyin esa 2018 yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan çora-tadbirlar keltirib ötilgan, deb yozmoqda Norma.

Rivojlanişga tösqinlik qilayotgan omillar bartaraf etiladi

Ustav fondining eng kam miqdorini hozirgi 1 600 mln sömdan 100 mln sömgaça, ya'ni 16 baravar kamaytiriş taklif etilmoqda. Bunda xorijiy investorning AJ ustav kapitalidagi, bugungi kunda kamida 15%ni taşkil etişi kerak bölgan majburiy uluşi töğrisidagi talabni bekor qilmoqçilar.

Yirik aksiyadorlar – AJdagi 25%dan ortiq uluş egalariga dividendlar faqat minoritar aksiyadorlar oldida dividendlar böyiça qarzdorlik bölmaganda tölanadi, dividendlar tölaş uçun bank rekvizitlari bölmaganlar bundan mustasno (1 maydan boşlab).

Quyidagilarni ham bekor qiliş taklif etilmoqda:

AJdagi davlat uluşlarini boşqariş böyiça davlat işonçli vakillarini tayinlaş amaliyotini. Ularning vazifalarini davlat uluşi böyiça belgilangan tartibda tayinlanadigan kuzatuv kengaşlari a'zolariga topşiriş taklif etilmoqda;

qimmatli qoğozlar çiqarilganini tan oliş uçun taşkil etilgan savdolarda joylaştiriladigan aksiyalar va boşqa emissiyaviy qimmatli qoğozlarning eng kam hajmiga doir talablarni;

ustav kapitalida davlat aksiyalari (uluşlari) paketi 50%dan ortiq bölgan korxonalarda taşqi audit ötkaziş uçun har yili auditorlik taşkilotlari röyxatini tuzişga doir talablarni.

1 iyuldan joriy etiladigan yangiliklar

1) Emissiyaviy qimmatli qoğozlarni çiqarişni davlat röyxatidan ötkazişga arizani körib çiqiş muddatini 30 kundan 20 kunga qisqartiriş taklif etilmoqda.

2) AJlar nominal qiymatga ega yoki unga ega bölmagan aksiyalarni çiqara oladilar. Foydani qayta investitsiya qiliş (kapitallaştiriş) va qöşimça kapital hisobiga aksiyadorlar örtasida mutanosib ravişda joylaştiriladigan qöşimça aksiyalarni çiqariş vositasida ustav kapitali köpaytiriladi.