Kataloniyaning sobiq yetakçisi Karles Puçdemon nemis politsiyasi tomonidan Germaniyaning Şlezvig-Golşteyn yerida Daniya bilan çegarani kesib ötişi vaqtida uşlandi. Bu haqda El Pais naşri xabar bermoqda. 

Puçdemon uning uşlanişi uçun Ispaniya tomonidan berilgan yevroorderga köra öz maşinasida töxtatilgan. Puçdemonning advokati aytişiça, ayni vaqtda nemis politsiyasi zaruriy tekşiruvlarni ötkazmoqda. Puçdemon Gamburgga, u yerdan esa Belgiyaga bormoqçi bölgan.

Puçdemonga Ispaniyada Kataloniyaning mustaqilligi böyiça noqonuniy referendum taşkillaştiriş aybi böyiça 25 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin.

23 mart kuni Ispaniya oliy sudi Puçdemon va uning 4 safdoşini hibsga olişga order bergan. Bu vaqtda Puçdemon Finlyandiyada bölgan.