Moskvada «MMM» aksiyadorlik jamiyati asosçisi Sergey Mavrodi 63 yoşida vafot etdi, deb xabar bermoqda mk.ru.
Naşr ma'lumotlariga köra, Mavrodi Polikarpov köçasidagi avtobus bekatida soat taxminan 1.00lar atrofida özini yomon his etgan. Ötkinçi şaxs unga «tez yordamni» çaqirtirib berdi, sababi Mavrodi kuçsizlik va yurakdagi oğriqlardan şikoyat qilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Sergey Mavrodining ölimiga yurak xuruji sabab bölgan bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «MMM» aksiyadorlik jamiyati Rossiya tarixida jabrlanganlar soni böyiça eng yirik moliyaviy piramida sanaladi. 2003 yilda Mavrodi Rossiyada yirik miqdordagi firibgarliklar uçun sudlandi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, piramidada iştirok etişdan jabrlanganlar soni 10 454 kişini taşkil qilgan.












