Moskvada tadbirkor Sergey Mavrodi 63 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda «MK» naşri xabar tarqatdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Mavrodi keça soat 1.00lar atrofida Moskvadagi Polikarpov köçasida joylaşgan avtobus bekatidan şifoxonaga olib ketilgan. Ötkinçi inson unga «tez yordamni» çaqirtirgan - Mavrodi kuçsizlik va yurakdagi oğriqlardan şikoyat qilgan.
Mavrodi Moskvadagi 67-kasalxonaga olib ketildi. Uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan – bugun ertalab u vafot etgan.
Eslatib ötamiz, Mavrodi «MMM» yirik moliyaviy piramida taşkil etgani bilan köpçilikning yodida qolgandi.












